10:02 / 14.01.2020
0
19706
Buxoroda o‘z uyidan 7 ming dollarni o‘g‘irlab ketgan kelin aniqlandi
Foto: Shutterstock

Shu yilning 9 yanvar kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida tug‘ilgan X.M. ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan.

Postda.uz’ning xabar berishicha, u bir kun avval yotoqxonasidagi sandiq ichidan 7 ming AQSh dollarini noma'lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilganligini ma'lum qilgan.

Olib borilgan tezkor sa'y-harakatlar natijasida ushbu jinoyatni arizachining birga yashovchi kelini sodir etganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top