18:22 / 14.01.2020
0
5149
Pokiston va Hindistonda qor ko‘chkisi oqibatida 67 kishi halok bo‘ldi 

Pokiston tomonidan nazorat qilinuvchi Ozod Kashmir viloyati va Kashmirning Hindiston nazoratidagi qismida yuz bergan ko‘chkilar oqibatida 67 kishi halok bo‘ldi va 42 kishi jarohat oldi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.  

Ta'kidlanishicha, ko‘chkilar Nilum vodiysida kuchli qor yog‘ishi va yomg‘irlardan keyin yuz bergan. 45 ta uy butkul vayron bo‘lgan.  

Ma'lum qilinishicha, ko‘plab odamlar bedarak yo‘qolgan va shu sababli qurbonlar soni oshishi mumkin.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top