02:05 / 14.01.2020
0
16300
Qoraqalpog‘istonda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi saylandi hamda Vazirlar Kengashi Raisi tayinlandi
Foto: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

2020 yil 13 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining saylovdan keyingi birinchi sessiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy sayti xabar bermoqda.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan Yerniyazov Musa Tajyetdinovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi etib saylandi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Sariyev Kaxraman Ramatullayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi lavozimiga tayinlandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top