09:13 / 14.01.2020
0
3876

Samarqandda biometrik ma'lumotlarni yig‘ish qurilmalari soni 20taga yetdi

Samarqandda viloyat IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning joylardagi xodimlari ishtirokida o‘quv seminar o‘tkazildi.

Seminarda IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ulug‘bek Muhamedov tizimda 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, joriy yilda aholiga xizmat ko‘rsatishda qulayliklarni oshirish masalalariga to‘xtaldi.

Foto: Zarnews.uz

Vazirlik vakili biometrik pasportlar uchun aholidan ma'lumot qabul qilish jarayonlarida ular uchun zamon talablariga mos sharoitlarni yaratish, har bir fuqaro bilan xushmuomala bo‘lish, tizimda ortiqcha sarsongarchilik, qog‘ozbozliklar o‘rniga innovatsion elektron tizimlarni yo‘lga qo‘yish loyihalari ishlab chiqilayotganligi to‘g‘risida to‘xtaldi.

Aholi soni va talablardan kelib chiqqan holda Oqdaryo, Jomboy hamda Nurobod tumanlari migratsiya xizmatlariga qo‘shimcha 3ta xorijga chiqish biometrik ma'lumotlarni yig‘ish qurilmalari o‘rnatildi. Samarqand viloyati bo‘yicha jami bunday qurilmalar soni 20taga yetdi.

 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top