08:01 / 14.01.2020
0
21724
«Tailandning Toj Mahali». Songhla masjidiga fotosayohat

Kun.uz`ing Tailandga safari davom etmoqda. Bu yerda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslarini yoritish uchun bo‘lib turibmiz. Futbolchilarimiz musobaqadagi dastlabki ikki o‘yinni Tailand janubidagi Songhla shahrida o‘tkazishdi. Biz ham safarimizning ikkinchi qismini, ya'ni 4 kunimizni shu shaharda o‘tkazdik. Suv bo‘yidagi bu shaharda musulmonlar ko‘pligi e'tiborni tortdi. Balki Malayziyaga yaqin bo‘lgani uchun shundaydir. Songhla mehmonxonalaridagi xonalarda qiblani ko‘rsatadigan belgilar ham bor.

Shu bois bu shaharda masjid topish qiyin bo‘lmadi. Internetdan qidirganimizda shaharda 4 ta masjid borligini ko‘rdik. Yo‘lda kelayotib Songhla markazi Xat Yay shahrida Toj Mahalni eslatib yuboradigan masjidni ko‘rgandik va jum'a ibodatini aynan o‘sha masjidda ado etishni rejalashtirdik. Mehmonxonadan biroz uzoqda bo‘lgan masjidga mashinada yetib oldik. Borganimizda imom endi amri ma'rufni tugatayotgan ekan.

To‘g‘risi, masjidda odam ko‘p emasdi. Jum'a namozida masjidning bir nechta oldi qatori to‘ldi xolos. Ibodatdan so‘ng masjid tarixi haqida so‘rash uchun imom va xodimlar bilan gaplashishga urindik, ammo ular ingliz tilini bilmasliklari sabab savollarimizga javob bera olishmadi. Imomning so‘zlaridan u Malayziyadan ekanini tushundik. Quyida Hindistondagi afsonaviy Toj Mahalni eslatib yuboradigan ushbu masjiddan tayyorlagan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.

Muhammadjon G‘aniyev olgan suratlar

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top