11:41 / 14.01.2020
0
50813

Xitoydagi noma'lum virus. O‘zbekistonda kasallik kirib kelishiga qarshi qanday choralar ko‘rilmoqda?

Foto: Noel Celis/AFP/Getty Images

Xitoydagi noma'lum virus. O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi qanday chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda?

O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi Xitoyda ro‘yxatga olingan yangi turdagi koronavirus kasalligi to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosining ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoyda koronavirusning yangi tipi epidemiyasi yuzaga kelgan. 

Xitoyning Uxan shahar Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi 2019 yilning dekabr oyining oxirida Uxan shahar Xubey provinsiyasida noma'lum etiologiyali pnevmoniya kasalligi tarqalganligini ma'lum qilgan. 

Xitoyning HTSQ-2005 Milliy koordinatori ma'lumotiga ko‘ra, 2020 yilning 11 yanvar holatiga Uxan shahrida 41ta holatda virusli pnevmoniya kasalligi aniqlangan, ularda bir kishi vafot etgan, bemorlarni 6 nafari sog‘ayib shifoxonadan chiqarilgan. 

Bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 739 nafar, shulardan 419 nafari tibbiyot xodimlari tibbiy nazoratga olingan. Hozircha ular orasida kasallik alomatlari aniqlanmagan. 

Milliy koordinatorning ma'lumoti asosida HTSQ-2005 mezonlari bo‘yicha ushbu kasallikning xalqaro miqyosda tarqalish xavfi xamda xalqaro savdo va sayohatlarga to‘sqinlik yo‘qligi ma'lum qilingan.

Epidemiologik surishtiruv natijalariga ko‘ra, ayrim kasallangan bemorlar mahalliy dengiz mahsulotlari savdo bozorlarida ishlaganligi aniqlangan. 

Bemorlarning ko‘pchiligi tana haroratining yuqoriligi hamda nafas olishining qiyinlashishiga shikoyat qilgan. Ko‘krak qafasining rentgenografiya xulosasiga ko‘ra ayrim holatlarda bemorlarni o‘pkalari shikastlangan. 

Bugungi kunda kasallikni odamdan-odamga yuqishi aniqlanmagan.

Xitoyning Uxan shahrining Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi atipik pnevmoniya (8AK8) va Yaqin Sharq respirator sindromi (MeK8) kasalliklari inkor qilingan.

Qayd etilishicha, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash, kasallikning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:

  • davlat chegarasi kesishgan joylardagi Sanitariya – karantin punktlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilarni sifatli tibbiy – sanitariya ko‘rigidan o‘tkazish, ayniqsa Xitoydan kelayotganlarga alohida e'tibor qaratilmoqda;
  • pnevmoniya va boshqa o‘tkir respirator kasalliklari alomatlari bilan aniqlangan bemorlarni alohidalash va shifoxonalarga yotqizish choralari ko‘rilmoqda;
  • gripp, O‘RI va pnevmoniya kasalliklariga gumon qilingan bemorlarni shifoxonalarga yotqizish uchun davolash – profilaktika muassasalarini tayyorgarligini ta'minlash, bemorlarni davolash uchun dori-darmonlar va dezinfeksion moddalarni zaxirasi yaratildi;
  • Xitoydan kelayotgan yo‘lovchilarda, gripp kasalligining og‘ir turlariga, O‘RI va pnevmoniya kasalliklariga gumon qilingan bemorlar aniqlanganda laboratoriya tashxisi uchun namunalar olishni tashkil etish;
  • agentlik mutaxassislari tomonidan uchuvchilar, bort kuzatuvchilar, temir yo‘l provodniklarini bilim saviyasini oshirish maqsadida gripp, O‘RI va o‘tkir pnevmoniya kasalliklarining klinikasi, laboratoriya tashxisoti, profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlari to‘g‘risida seminarlar o‘tkazilmoqda.

Kasalliklarni respublikaga kirib kelishi va keng tarqalishini oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan chora – tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan nazoratga olingan, deyiladi ma'lumotda. 

Bundan oldin, O‘zbekiston TIV fuqarolarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top