13:04 / 14.01.2020
0
7300
Yuqori Chirchiqda pichoqbozlik ro‘y berdi
Foto: Tergov departamenti

2020 yil 9 yanvar kuni soat 02:25larda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida muqaddam sudlangan 23 yoshli X.U. qo‘shma korxonada o‘zi bilan birga ishlab kelayotgan tanishi 25 yoshli Sh.N. bilan o‘zaro tortishib qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, X.U. o‘rtada kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida, dala maydonida o‘zining yonida bo‘lgan pichoq bilan Sh.N. tanasining ko‘krak qafasi orqa yuzasiga bir necha marotaba zarba berib tan jarohati yetkazgan.

Dastlabki tibbiy ma'lumotnomaga ko‘ra Sh.N.ning tanasida “chap tomon ko‘krak qafasiga teshib kirgan jarohati” borligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top