14:25 / 15.01.2020
0
5022
2019 yil birja savdosida eng xaridorgir bo‘lgan mahsulotlar ochiqlandi

Bugun, 15 yanvar kuni, «Respublika tovar-xomashyo birjasi» AJ xodimlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.

Tovar-xomashyo birjasi bosh makleri Jasur Yunusov tomonidan ma'lumot berilishicha, 2019 yilda birja savdolarida paxta tolasi, sement, un, politelen, o‘simlik yog‘i, suyultirilgan gaz eng xaridorgir bo‘lgan. 

«Birgina paxta tolasining savdo hajmi 6 trillion so‘mni tashkil etgan, sement savdosi hajmi 4 trillion so‘mga, un savdosi esa 1 trillion so‘mga yetgan», - deya raqamlar haqida to‘xtalib o‘tdi Jasur Yunusov. 

Jasur Yunusov

Tovar-xomashyo birjasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Islombek Ibrogimovning qo‘shimcha qilishicha, birja orqali chet elga ham turli mahsulotlar sotilgan. 

Mazkur ro‘yxatda politelen mahsulotlari va har xil turdagi neft va ganch mahsulotlari kabi jami 30ga yaqin mahsulot o‘rin olgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top