15:28 / 15.01.2020
0
3345

2019 yilda 130 million dollarlik mahsulotlar eksportga birja orqali sotilgan

Foto: KUN.UZ

Bugun, 15 yanvar kuni Tovar-xomashyo birjasi AJda birja savdosi haqidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.

Tadbirda 2019 yil natijalari va 2020 yildagi istiqbolli loyihalari haqida ma'lumotlar berildi. O‘tgan yil davomida tadbirkorlar birja orqali 13,4 trln. so‘mlik tovar xarid qilishgan va 7,5 trln. so‘mga teng o‘zlarining tovarlarini sotishgan. 

2019 yil yakuni natijalariga qaraganda, paxta tolasi - 6 trln. so‘m, sement - 4 trln. so‘m, un - 1 trln. so‘m, polietilen - 930 mlrd. so‘m, o‘simlik yog‘i - 893 mlrd. so‘m, suyultirilgan gaz - 440 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.

Ma'lumotga ko‘ra, o‘tgan yil davomida 130,8 mln. AQSh dollarlik mahsulotlar  eksportga birja orqali sotilgan va 2018 yilga nisbatan 5,7 foizga oshgan.

2020 yildan boshlab paxta xomashyosi eksporti to‘xtatilib, paxta tolasini mamlakatning o‘zida to‘liq ishlash rejimiga o‘tilgan edi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top