12:13 / 15.01.2020
0
8521
2020-2022 yillar uchun investitsiya dasturi qabul qilindi

Prezident “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
 
Norma’ning yozishicha, qaror bilan O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi. Unda:

850,5 trln so‘m investitsiyalar, shu jumladan 35,5 mlrd AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi 2020-2022 yillarda kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirishning yig‘ma prognoz parametrlari, shuningdek. 2020-2022 yillarda investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirish hamda jalb qilishning prognoz parametrlari;

206 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 31 mingdan ziyod ish o‘rinlari yaratilishini nazarda tutuvchi 2020 yilda yirik ishlab chiqarish obektlari va quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturi ko‘rsatilgan.
 
Shuningdek quyidagilar tasdiqlandi:

2020 yilda investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirish bo‘yicha yig‘ma manzilli dastur, shuningdek, uning choraklar kesimida ijrosining prognoz ko‘rsatkichlari;

2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;

2020 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;

2020 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash talab etiladigan investitsiya loyihalari ro‘yxati;

2020 yilda ishlab chiqiladigan istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxati.
 
Loyihalar (obektlar) bo‘yicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar Hukumat qarorlariga asosan kiritiladi.
 
Qurilishga hamda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayonlariga tegishli vakolatga ega bo‘lmagan shaxslarning aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top