15:50 / 15.01.2020
5300
EPSILON: «O‘zbekneftgaz» hamkorligida gaz qazib chiqarish hamda uni uzatish quvvatlarini kengaytirish ishlari davom ettirilmoqda

15 yanvarda o‘tkazilgan GRP ishlaridan so‘ng Hojiqazgan-52 va Qulbishkek-47 quduqlaridan chiqayotgan gazning umumiy kunlik debiti 165 ming kub.m ga qadar ko‘paydi.

Hojiqazgan-52 qudug‘ining debiti 40 dan 85 ming kub.m gacha ortdi.

Qulbishkek-47 qudug‘ining debiti 32 dan 80 ming kub.m gacha ortdi.

Shuningdek, noqulay ob-havo sharoitlariga qaramay, «Chigil YP – Muborak GQIZ» gaz quvuri qurilishi tunu-kun olib borilmoqda.

15 yanvar holatiga ko‘ra, jami:

  • Keltirish uchun yuklangan quvurlar – 91,0 ming tn;
  • Keltirilgan quvurlar – 70,0 ming tn;
  • Kavlangan zovurlar – 136,0 km;
  • Qatorga payvandlangan quvurlar – 182,6 km;
  • Yotqizilgan quvurlar – 120,2 km ni tashkil etdi.

EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati

Top