00:02 / 15.01.2020
0
8851

Magnus Karlsen mag‘lubiyatsiz partiyalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Foto: Reuters

Shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioni, norvegiyalik shaxmat ustasi Magnus Karlsen qatorasiga davom etayotgan mag‘lubiyatsiz partiyalar soni bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatdi.

14 yanvarda Karlsen Veyk-an-Zeydagi (Niderlandiya) musobaqada niderlandiyalik Yorden van Forest bilan durang natija qayd qilgan. Buning evaziga norvegiyalikda vaqtni klassik nazorat qilish bilan mag‘lubiyatsiz partiyalari soni 111 taga yetgan.

Karlsen oxirgi marta 2018 yil 31 iyulida mag‘lubiyatga uchragan.

Avvalgi 110 ta mag‘lubiyatsiz partiyadan iborat rekord natija rossiyalik, keyinroq esa niderlandiyalik shaxmatchi Sergey Tivyakovga tegishli edi. Bu rekord natija u tomonidan 2005 yilda o‘rnatilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top