17:30 / 15.01.2020
0
16755

Maxfiy bo‘lgan ayrim xaritalardan ochiq foydalanish imkonini beruvchi hukumat qarori qabul qilindi

Foto: Alamy

O‘zbekistonda maxfiy bo‘lgan ayrim xaritalar, geografik axborot tizimlari va aholi punktlarining bosh rejalaridan ochiq foydalanish imkoniyatini beruvchi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Davergeodezkadastr» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 yanvardagi 22-sonli qaroriga ko‘ra quyidagi o‘zgarishlarga erishiladi: 

birinchidan: topografik xaritalarning maxfiylik darajasi keskin pasaytirishga erishiladi; 

ikkinchidan: mahalliy koordinatalar tizimida tayyorlangan topografik xaritalarning maxfiyligi olib tashlanishi natijasida ushbu koordinatalar tizimida tayyorlangan barcha masshtabdagi topografik xaritalardan bir viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi miqyosida ochiq foydalanish imkoniyati yaratiladi;

uchinchidan: WGS-84 koordinatalar tizimida tuzilgan aero va kosmik s'yemka materiallaridan respublika miqyosida foydalanish uchun barcha cheklovlar olib tashlanishi natijasida ushbu koordinatalar tizimlarida tayyorlangan barcha masshtabdagi topografik xaritalardan butun respublika miqyosida ochiq foydalanish imkoniyati yaratiladi; 

to‘rtinchidan: amaldagi tartib bo‘yicha koordinatalar tizimidan va masshtabidan qat'iy nazar shaharlar va shaharchalarda 10 kv.km.dan (1 000 gektar) ziyod bo‘lgan hudud uchun topografik xaritalarga bo‘lgan maxfiylik darajasini olib tashlash hisobiga iqtisodiyotning turli sohalarida maxsus va tematik xaritalardan, shu jumladan bosh rejalardan foydalanuvchilar doirasi kengayadi; 

beshinchidan: maxfiylik darajasining pasaytirilishi natijasida:

- zamonaviy texnologiyalarni kosmik va aero s'yomka materiallarini ishlab chiqarishga tatbiq etish va ulardan samarali foydalanish;

- bosh rejalar va boshqa shaharsozlik hujjatlarini zamonaviy elektron dasturlar yordamida ishlab chiqish hamda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanganlarini geoportal va internet tarmoqlarida ochiq joylashtirish;

- geoaxborot tizimlarini yaratish orqali davlat kadastrlarini, shu jumladan davlat shaharsozlik kadastrini yuritish bo‘yicha ishlar sifatini yaxshilash va ko‘lamini kengaytirish;

- tadbirkorlik sub'yektlari va investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga yer uchastkalari, qurilish obektlari va muhandislik kommunikatsiyalari to‘g‘risida ma'lumotlarni ochiq ravishda taqdim qilish;

- tadbirkorlik sub'yektlarini geodeziya, kartografiya, loyiha-qidiruv hamda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish ishlariga keng jalb qilish uchun imkoniyat yaratiladi. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top