11:53 / 15.01.2020
0
12882
Toshkentda 5ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi, to‘rt kishi jarohatlandi
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan YTH joyida olingan suratlar tarqamoqda. Toshkent shahar IIBB ushbu holat bo‘yicha ma'lumot berdi.

14 yanvar kuni soat 22:50da 102 raqamiga Lutfiy va Farhod ko‘chalari kesishmasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berganligi haqida xabar kelib tushgan. Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi, 37 yoshli T.T. svetoforning taqiqlovchi belgisiga to‘xtagan bir nechta avtomobillarga to‘qnashgan.

Xususan, 26 yoshli Sh.N. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomobil, 29 yoshli R.X. boshqargan Spark rusumli avtomobil, 28 yoshli B.I. boshqargan Matiz rusumli avtomobil, shuningdek, 28 yoshli H.Ya. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli avtomobillar bilan to‘qnashuv ro‘y berdi.

YTH natijasida Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi, Matiz rusumli avtomobil haydovchisi va uning 26 yoshli yo‘lovchisi Sh.N., shuningdek, Matiz rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 26 yoshli A.J.ga turli xil og‘irlikdagi tan jarohatlari yetgan.

Cobalt avtomobilining svetofor taqiqlovchi belgisiga to‘xtagan boshqa avtomobillar bilan to‘qnashuvi sababiga aniqlik kiritilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top