19:50 / 15.01.2020
0
10538
Zelenskiy Erondagi aviahalokat qurbonlari qarindoshlari bilan uchrashdi
Foto : Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Erondagi avihalokat qurbonlari bilan uchrashdi. Bu haqda prezident ofisi matbuot xizmati xabar berdi. 

8 yanvarda Tehron aeroporti yaqinida yuz bergan aviahalokatda 176 kishi, jumladan 11 ukrainalik halok bo‘lgandi.

Zelenskiy yig‘ilganlarga hozirda Eronda 10 ukrainalik mutaxassis borligini, ular halok bo‘lgan ukrainaliklarning shaxsini o‘rnatish va jasadlarini Ukrainaga qaytarish bilan shug‘ullanayotganlarini aytgan. Uning ta'kidlashicha, bir necha ukrainalikning shaxsi o‘rnatilgan. 

Ukraina prezidenti halok bo‘lganlar jasadlarini Ukrainaga iloji boricha tezroq qaytarish vazifasini qo‘yganini qo‘shimcha qilgan.

“Biz bu 19 yanvarda amalga oshishiga umid qilmoqdamiz. Ehtimol, 1-2 kun keyinroq. Biroq biz ham o‘zimiznikilar, ham eronlik mutaxassislar oldiga shunday vazifa qo‘ydik”, deb ta'kidlab o‘tgan Zelenskiy.

Ukraina rahbari joriy haftada halok bo‘lganlar oilalariga 200 ming grivnadan tovon puli to‘lanishini qayd etib o‘tgan. Bundan tashqari, Ukraina Erondan qo‘shimcha kompensatsiyalar to‘lanishini talab qiladi. Zelenskiy, shuningdek, jasadlarni dafn etishda ko‘mak ko‘rsatilishiga va'da bergan.

Mavzu
Eronda Ukraina samolyoti halokati
Eronda 8 yanvar kuni «Ukraina xalqaro avialiniyalari» (MAU)ning Boeing 737 samolyoti halokatga uchradi. Uning bortidagi 180ga yaqin kishi halok bo‘ldi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top