14:26 / 16.01.2020
0
2175
2019 yilda ko‘zi ojizlar uchun 1,7 mingdan ortiq kitob chop etildi
Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda ko‘zi ojizlar kutubxonalari soni 2019 yilda 20taga oshib, jami 123taga yetdi. Bu kutubxonalarga o‘tgan yil davomida Brayl yozuvidagi, 11 nomdagi 1700dan ortiq kitoblar tarqatilgan.

2019 yil natijalariga ko‘ra, respublika bo‘yicha ko‘zi ojizlar kutubxonalarining umumiy fondi 562 168ta kitobni, foydalanuvchilar esa 80 543 nafarni tashkil qilgan.

Bu haqda bugun, 16 yanvar kuni Madaniyat vazirligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Vazir o‘rinbosari Kamola Oqilovaning aytishicha, hozirda bu kutubxonalardan nafaqat ko‘zi ojizlar, balki oddiy aholi ham faol foydalanyapti.

«Qolaversa, veb-dasturchi Sherzod Boboqulov muallifligida interaktiv-sarguzasht o‘yinlar va audio o‘quv qo‘llanmalari yaratildi. Xususan, 2017-2019 yillarda 31 nomdagi 527 nusxada audio kitoblar yozilib, viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonlariga tarqatildi.

Shuningdek, 95 nomdagi 380ta audionashrlar magnit tasmalaridan qayta tiklanib disklarga ko‘chirildi», – deydi Oqilova.

Taqdimotda namoyish etilgan, Brayl yozuvida nashr qilingan kitoblar quyidagilar:

  • O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida (kiril va lotin alifbolarida, shuningdek rus tilida);
  • «O‘tkan kunlar» (Abdulla Qodiriy)
  • «Mehrobdan chayon» (Abdulla Qodiriy)
  • «Qizg‘aldog‘im» (Muhammad Yusuf)
  • «Odam bo‘lish qiyin» (O‘lmas Umarbekov)
  • «Yetti iqlim sultoni» (Xilda Xukxem)
  • «Mamanbiy afsonasi» (To‘lepbergen Qaipbergenov)
  • «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlar

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top