19:20 / 16.01.2020
0
9593

MB raisi o‘rinbosari fuqarolarga davlat obligatsiyalarini sotib olishga ruxsat berish uchun hali erta ekanini aytdi

Moliya vazirligi fuqarolar uchun davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini ochishiga hali erta, dedi O‘zbekiston Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov.

Ilhom Norqulov

Uning so‘zlariga ko‘ra, past daromadlilik sababli qimmatli qog‘ozlar aholi orasida talabgir bo‘lmaydi. O‘z navbatida, banklar bu qog‘ozlardan likvidlikni ushlab turishda foydalanadi.

«Davlat obligatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan past darajada shakllantiriladi. Bu vositaga kim ham ergashadi? Shuning uchun, biz bunga hali erta deb hisoblaymiz. Bizning vazifamiz stavkalarni bosqichma-bosqich me'yorlashtirishdir», - dedi Norqulov jurnalistlarga.

Avvalroq Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Kun.uz’ga hukumat Moliya vazirligi hamda Markaziy bankka norezidentlar va jismoniy shaxslarga davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish imkoniyatini berish to‘g‘risida ko‘rsatma berganligini ma'lum qilgandi.

«Biz bu mavzuda (hukumatda – tahr.) uzoq munozara qildik. Hamma buni qachondir amalga oshirish kerak, degan fikrda edi, ammo biz bunga imkon qadar tezroq o‘tishni xohladik», - dedi Kun.uz suhbatdoshi.  

2018 yil oxirida Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda uzoq tanaffusdan keyin davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni qaytadan boshladi, ammo ularni qonun bo‘yicha O‘zbekistonning faqat yuridik rezident-shaxslari sotib olishlari mumkin.

 “Bu moddaning kamchiligi shundaki, xaridorlar doirasi cheklangan. Natijada ushbu qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori va haqiqiy bozor bahosi yo‘q. Agar doira kengaytirilsa, likvidlik ko‘proq bo‘ladi deb hisoblaymiz. Bundan tashqari, qimmatli qog‘ozlar narxi kapital bozori uchun indikatorga aylanishi mumkin ", dedi agentlik vakili.

Avvalroq O‘zbekiston Markaziy bankida aholining va xorijlik investorlarning davlat qimmatli qog‘ozlar bozoriga kirib borishi bilan bog‘liq xavotirlar bor edi.

Agentlikning ta'kidlashicha, butun dunyoda davlat obligatsiyalari nolga teng xatarga ega bo‘lgan qog‘ozlar hisoblanadi. Davlatning majburiyatlar bo‘yicha javob bera olmaslik ehtimoli deyarli nolga teng. Va bu yuz berishi uchun davlat defolt e'lon qilishi kerak.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top