10:09 / 16.01.2020
0
15115
Misrda Qizil dengiz mintaqasidagi eng yirik harbiy baza ochildi

Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy 15 yanvarda tantanali ravishda Qizil dengiz mintaqasidagi eng yirik harbiy bazani ochdi. Berenis deb nomlangan harbiy baza mamlakat janubida joylashgan. 

U yerda harbiy-dengiz va harbiy-havo bazalari joylashgan. Bazada, shuningdek, harbiy gospital, suvni chuchuklashtirish zavodi va fuqarlik aeroporti mavjud.  

Ta'kidlanishicha, Berenis harbiy bazasini yaratishdan asosiy maqsad Misrning janubiy sohillarini muhofaza qilish va xavfsizligini ta'minlash, iqtisodiy investitsiyalar va tabiiy resurslarni saqlash, Qizil dengizdagi tahdidlarga qarshi turish, dengizdagi xalqaro dengiz qatnovini ta'minlashdan iborat. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top