10:40 / 16.01.2020
0
10403

Mudofaa vazirligi harbiy uchuvchilarining murakkab uchish amaliyoti bo‘lib o‘tdi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning Qashqadaryo viloyatida joylashgan harbiy qismda harbiy uchuvchilarning murakkab uchish amaliyoti bo‘lib o‘tdi. 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, Mi-8, Mi-24 kabi vertolyotlar hamda Mig-29, Su-25 kabi qiruvchi samolyotlarning havodagi manyovrlari – jangovar imkoniyatlarini namoyish etish maqsadida tashkil etilgan o‘quv mashg‘uloti O‘zbekiston oliy aviatsiya bilim yurti kursantlari uchun mahorat sabog‘i bo‘ldi.

Dastavval, vertolyotlarni birvarakayiga parvozga chog‘lash, uchuv apparatlarining parvoz oldi taktik-texnik xususiyatlari, uchoq bortida va qo‘mondonlik punkti bilan aloqani tashkillashtirish xavfsizlik qoidalari, qo‘yilgan jangovar vazifa bo‘yicha havodagi harakat tartibi belgilandi.

Shundan so‘ng, qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi. Dushmanning jonli va texnik kuchiga havodan qaqshatqich zarba berish borasida qiruvchi samolyotlar hal qiluvchilardan biri sifatida xarakterlanadi.  Individual mahorat va yuksak tayyorgarlik asosida harbiy uchuvchilar bu kabi mashg‘ulotlarda toblanmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top