16:50 / 16.01.2020
3
10006
O‘zbekistonda 2020 yilning dastlabki 10 kunida 107ta YTH yuz berdi, 35 nafar inson halok bo‘ldi
Foto: KUN.UZ

IIV YHXB axborot xizmati O‘zbekiston Respublikasi hududida 2020 yilning 1-10 yanvar kunlari sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari haqida ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1-10 yanvar kunlari O‘zbekiston hududida jami 107 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilib, ular oqibatida 100 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan va 35 nafar inson yo‘llarda halok bo‘lgan.

YTHlar hududlar bo‘yicha:

Toshkent shahrida - 10 ta
Toshkent viloyatida - 20 ta
Sirdaryo viloyatida - 2 ta
Jizzax viloyatida - 11
Samarqand viloyatida - 3
Navoiy viloyatida - 3 ta
Buxoro viloyatida - 6 ta
Farg‘ona viloyatida - 11 ta
Andijon viloyatida - 7 ta
Namangan viloyatida - 11 ta
Qashqadaryo viloyatida - 6 ta
Surxondaryo viloyatida - 9 ta
Xorazm viloyatida - 2 ta
Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 6 ta.

Yo‘l-transport hodisalaridan 35 tasida harakat ishtirokchilari yo‘lning qatnov qismini belgilanmagan joyidan kesib o‘tishi, 18 tasida tezlikni belgilangan me'yoridan oshirib yuborishi, 14 tasida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketishi, quvib o‘tish qoidasini buzishi, 7 ta holatda esa yo‘nalishni o‘zgartirishi, 6 ta holatda chorrahadan o‘tish qoidalarini buzishi, 4 ta holatda haydovchilar tomonidan piyodalar o‘tish joyini mensimasligi, 1 ta holatda oraliq masofasini saqlamaslik va 22 ta holat boshqa qoidabuzarliklar natijasida sodir bo‘lgan.

Umumiy 107 ta YTHdan 103 tasi haydovchilar aybi bilan, 4 tasi piyodalar aybi bilan sodir bo‘lganligi aniqlangan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top