Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda uchta modeldagi avtomobilni imkoniyati cheklangan haydovchilar uchun jihozlash boshlandi

Foto: UzAuto Motors
UzAuto Motors kompaniyasi imkoniyati cheklangan, oyoqlarida nuqsoni bo‘lgan haydovchilarga moslashtirish uchun, qo‘l bilan boshqariladigan maxsus qurilma bilan qayta jihozlashni boshladi.
Qo‘lda boshqarish qurilmasi xaridorning buyurtmasiga asosan Cobalt, Gentra hamda Spark rusumli avtomobillarga rasmiy dilerlik markazlarida o‘rnatiladi. Qurilma O‘zbekiston davlat standartlashtirish Agentligining barcha talablariga javob beradi.
Tayanch-harakat a'zosi funksiyasi buzilgan haydovchilar uchun mo‘ljallangan maxsus moslama faqat to‘liq qurilmaning zaruriy elementlari bilan jihozlangan.
Uskunani o‘rnatish bo‘yicha savollar bilan vakolatli dilerlarga murojaat qilishi mumkin ekani aytiladi.
Bildirilishicha, bugungi kunda dunyoda bir milliardga yaqin imkoniyati cheklangan insonlar bor, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida ular qariyb 600 ming nafarni tashkil qiladi. Ko‘pgina nogironlar kundalik hayotda turli xil muammolarga duch kelishmoqda, bu ularning jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi faol ishtirokiga salbiy ta'sir qiladi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»
Jahon | 00:57
-
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot | 21:25 / 20.07.2025
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47 / 20.07.2025
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Mavzuga oid

19:35 / 17.06.2025
UzAuto Motors’ning O‘zbekiston bozoridagi ulushi qisqardi

15:39 / 12.06.2025
Yanosh Kovach UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi

16:42 / 29.05.2025
UzAuto Motors Malibu sotuvini ochganidan bir soat o‘tmay shartnomalar tugab qoldi

11:21 / 23.05.2025