10:18 / 16.01.2020
1
8179
O‘zbekistonning ayrim hududlarida elektr energiya ta'minotida uzilishlar kuzatilmoqda 
Foto: Sergey Malgavko

O‘zbekistonning ayrim hududlarida elektr energiya ta'minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Energetika vazirligi matbuot xizmati bu borada ma'lumot bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, “Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi”(IES)ning elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qurilmasida nosozlik tufayli ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. 

Shu munosabat bilan respublikaning ayrim hududlarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmoqda. Nosozlik bartaraf etilgach, elektr ta'minoti yaxshilanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘ralgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top