23:54 / 16.01.2020
13
58752
Peterburgda O‘zbekiston bayrog‘ini silkitgan migrantlarga ma'muriy jazo qo‘llandi

Sankt-Peterburgda ichki ishlar boshqarmasi xodimlari O‘zbekiston va Tojikistonning 14 fuqarosiga nisbatan ma'muriy qoidabuzarliklar sodir etish bo‘yicha bayonnomani tuzishni nihoyalashdi.

Fontanka nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, barcha 14 kishi Yangi yil kechasi Dvorsoviy maydonidagi bayram tantanalarida ishtirok etishgan.

Ta'kidlanishicha, ichki ishlar vazirligi maydondagi odamlarning o‘zini tutishini onlayn tasvirga olgan. “Kuzatuv kameralariga o‘z tanishi yelkasida o‘tirib O‘zbekiston bayrog‘ini namoyish qilganlar ham tushib qolgan”, deyilgan xabarda.

Shundan keyin ichki ishlar bosh boshqarmasi ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi - “E” markaziga ushbu odamlarga e'tibor qaratishni tavsiya qilgan.

Tekshiruvlardan keyin 14 kishining barchasida biror qoidabuzarlik borligi aniqlangan. Ularning ba'zilari migratsiya hisobiga turishda yolg‘on ma'lumotlar taqdim qilgan bo‘lsa, boshqalarida Rossiya hududiga kirishdagi qoidabuzarliklar aniqlangan.

Natijada 14 kishidan 3 nafariga nisbatan Rossiya hududidan majburiy chiqarib yuborish, bir kishiga mustaqil chiqish hukmi chiqarilgan, qolganlarning Rossiya hududida qolishi muddati qisqartirilgan yoki migratsiya masalalari boshqarmasiga ularga Rossiya hududiga qayta kirishni taqiqlash bo‘yicha hujjatlar topshirilgan.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top