16:22 / 16.01.2020
0
10302

Polsha AQShdan F-35 samolyotlari sotib olmoqchi

Foto: REUTERS

Polsha hukumati yanvar oxirida AQShdan 32 dona beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Polsha milliy mudofaa vaziri Mariush Blashchak ma'lum qildi.

"Biz muzokaralarni deyarli yakunladik. Shu oyda Qo‘shma Shtatlar bilan 32 dona F-35 – dunyodagi eng zamonaviy samolyotlarni sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolaymiz", - dedi u. 

Aniq muddat to‘g‘risidagi savolga vazir "yanvar oxirida" deb javob qaytardi.

AQSh kongressi sentyabrda Polshaga 32 dona F-35 qiruvchisini sotishga rozilik bergandi. Shartnoma qiymati 6,5 mlrd dollar deb baholanmoqda. 

Bugungi kunda Polsha harbiy havo kuchlari 27 dona MiG-29, 48 dona F-16 va 18 dona Cu-22 qiruvchi samolyotlariga ega.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top