22:22 / 17.01.2020
0
11809

Armaniston maxsus xizmatining sobiq rahbari o‘qotar jarohat bilan jonsiz holda topildi 

Foto: aravot-ru.am

17 yanvar Yerevanda Armaniston Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari, 38 yoshli Georgiy Kutoyan jonsiz holda topildi. 

Ta'kidlanishicha, Kutoyan Paruyr Sevak ko‘chasidagi xonadonlardan birida o‘qotar jarohat bilan topilgan. 

Kutoyan Milliy xavfsizlik xizmati rahbari lavozimiga 2016 yil fevralda tayinlangan va 2018 yil maygacha bu lavozimni egallagan. Bungacha u Armaniston prezidentining huquqiy masalalar bo‘yicha yordamchisi bo‘lib ishlagan. 

Ayni vaqtda voqea tafsilotlari o‘rnatilmoqda. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top