01:23 / 18.01.2020
0
41075
30 yil qamoqda o‘tirgan mahbus qatl etilishiga sanoqli soatlar qolganda afv etildi
Foto: CNN

AQShning Jorjiya shtatida evtanaziya yo‘li bilan qatl etilishga hukm qilingan mahbus Jimmi Fletcher Meders hukm ijro etilishiga bir necha soat qolganda afv etildi. Bu haqda UPI nashri xabar berdi. 

Afv etish va shartli-muddatdan oldin ozodlikka chiqarish bo‘yicha davlat kengashi Medersga chiqarilgan o‘lim jazosini umrbod qamoq jazosi bilan almashtirishga qaror qilgan.

Mahbus 16 yanvarda qatl etilishi kerak edi. Biroq kengash 15 yanvarda o‘tkazgan yig‘ilishdan keyin hukmni yumshatishga qaror qilgan. Kengash mahbus jinoyatni sodir etishgacha sudlanmagani va panjara ortida o‘tkazgan 30 yildan ko‘proq vaqt ichida faqatgina bir marta kichik huquqbuzarlikni sodir etganini e'tiborga olgan.

Meders 1989 yilda mast holda do‘kon sotuvchisini o‘ldirgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilingan bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, AQShda 1976 yilda o‘lim jazosi tiklangandan keyin Jorjiyada 74 erkak va bir ayol qatl etilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top