18:33 / 18.01.2020
1
34218
8 553 ta avtoulov MIB tomonidan jarima maydonlariga qo‘yildi. Sabab nima?
Foto: Majburiy ijro byurosi

Hayot tashvishlari bilan bo‘lib gohida yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni unutamiz, sabrimiz yetmaydi yoki kimgadir tirband ko‘chalarda qoidalarga amal qilmaslik shunchaki o‘yinqaroqlikdir. Lekin, qoidabuzilishlarini nazorat va qayd qilib turgan kameralar haqida unutib qo‘yamiz. Buning natijasida oila budjeti zarar ko‘radi.

 “Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi hamda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazib kelinayotgan reyd tadbirlari poytaxtimizning markaziy 12 ta ko‘chalarida davom etmoqda.

Joriy yilning 11 iyun kunidan 31 dekabr kuniga qadar poytaxt yo‘llarida o‘tkazilgan reyd tadbirlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, qoidani buzib o‘z vaqtida jarimalarni amalga oshirmagan, jami 136 ming 627 nafar qoidabuzar haydovchilar aniqlangan bo‘lib, ulardan jami 41 mlrd. 142 mln. so‘m jarimalar undirildi.

Shundan haydovchilar tomonidan ixtiyoriy 60 kun muddatda to‘lovni amalga oshirmaganligi oqibatida, Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi va hududiy tuman bo‘limlari ish yurituviga chiqarilgan ijro hujjatlaridan 48 ming 071 ta qoidabuzarlardan 15 mlrd. 979 mln. so‘m undirilgan.

Eng asosiysi, 8 553 ta avtotransport vositalari jarima maydonchalariga joylashtirilgan. Bunday ko‘rsatkich joriy yilning yanvar oyidan mart oyiga qadar davom etgan dastlabki reyd tadbirlarida qayd qilinmagan edi” - deyiladi MIB ma'lumotida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top