15:08 / 18.01.2020
5
14266

Abdulla Aripov ichimlik suvi ta'minoti darajasi necha foizga yetishini ma'lum qildi

Foto: KUN.UZ

Bugun, 18 yanvar kuni Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining majlisi o‘tkazildi. 

Unda bosh vazir lavozimiga nomzod Abdulla Aripov yig‘ilishi ishtirokchilari e'tiboriga hukumatning yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan Harakatlar dasturini taqdim etdi. 

Unga ko‘ra, aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash, suvning sifatini yaxshilash va suv iste'molini hisobga olishning zamonaviy tizimlarini joriy etish maqsadida 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan Ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

«Bunda 2030 yilda aholining ichimlik suvi ta'minoti darajasini bugungi kundagi 69 foizdan 91 foizga, shaharlar va tuman markazlaridagi oqova suv tizimi ta'minoti darajasini 16 foizdan 31 foizga yetkazilishi ta'minlanadi» - deya Abdulla Aripovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top