14:07 / 18.01.2020
3
2010
“Namangan hududiy elektr tarmoqlari” jamiyati matbuot anjumani o‘tkazdi
Foto: KUN.UZ

“Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” viloyatda faoliyat olib boruvchi OAV xodimlari va blogerlar bilan ochiq muloqot tashkil etdi.

Anjuman avvalida jamiyat Bosh direktori Jahongir Rizayev 2019 yil mobaynida jamiyat tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma'ruza qildi.

 “Namangan HETK” AJ tomonidan 2019 yil mobaynida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. “Obod mahalla” dasturlariga asosan viloyat bo‘yicha 188 dona transformator punktlari o‘rnatildi. 349,3 km uzunlikda tarmoq tortildi. Ushbu qurilishlarni amalga oshirishda 9657 dona temir beton tayanchlar o‘rnatildi

2019 yil mobaynida 1211,4 km 0,4-110 kVli EUT tarmoq, 74 dona 35-110 kVli o‘chirgichlar, 6 ta 35-110 kVli nimstansiya, 5 ta  110 kVli kuch transformatori,  537 dona 6-10/0,4 kVli tarsformator punktlari hamda 282 dona Tarmoq transformatorlari mukammal ta'mirlandi. Amalga oshirilgan mukammal ta'mirlangan ishlari “O‘zenergoinspeksiya” DI Namangan hududiy bo‘limi ko‘rigidan o‘tkazildi.

2019 yildan boshlab “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatiga temir beton tayanchlarni jamiyatimiz qoshida tashkil etilgan “Temir beton tayanch” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi. Xozirda korxonada 25 ta yangi ishchi o‘rni yaratilgan. Korxonaning kunlik ishlab chiqarish quvvati 56 donani tashkil qilib, yillik ishlab chiqarish quvvati esa 18000 dona temir beton tayanchni tashkil etadi. Korxonaning ishga tushirilishi natijasida jamiyatning tayanchga bo‘lgan ehtiyoj to‘la qoplandi. Avvallari temir beton tayanchlarni yetishmasligi, talab qilingan muddatga ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan yetkazib berishda muammolar kelib chiqishi, uzoq masofadan tashib kelinganda ortiqcha xarajatlar yuzaga kelar edi. Bugungi kunga kelib bu muammolar to‘liq bartaraf etilgan. Shu bilan birga jamiyat qoshida temir beton tayanchlar ishlab chiqarilishi hisobiga yil davomida 6,1 mlrd. so‘m mablag‘ tejab qolishga erishildi. Bandan mahalliy budjetga 796 mln. so‘m soliq to‘landi

 Fuqarolar tomonidan 2019 yil davomida “Namangan HETK” AJga 3148 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, bulardan 3146 tasi ijrosi ta'minlangan. Hozirda bulardan 2 tasi hal etish jarayonida.

 Korxona rahbarining ma'ruzasidan so‘ng jurnalistlarning ko‘plab savollariga javob berildi. Mutasaddilar oxirgi kunlarda elektr ta'minotida ro‘y berayotgan uzilishlarga Namangan viloyatining bir kunlik iste'moli 14 mln. 700 kVt miqdorida ekanligi biroq ayni paytda Markaziy energotizimda 12 mln. 500 kVt energiya berilayotgani iste'molchilarga elektr yetkazib berishda muammolar tug‘dirayotganini bildirdilar.

 Bundan tashqari, blogerlar aholi tomonidan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan “ASKUE” tizimi bo‘yicha o‘rnatilgan hisoblagichlarning ishlashidan norozi bo‘layotgani haqida ham savollar berib, yetarli darajada javob oldilar.   

 Elmurod Ermatov, KUN.UZ muxbiri

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top