10:30 / 18.01.2020
3
22971
O‘zLiDeP Abdulla Aripovni O‘zbekiston bosh vazirligiga nomzod sifatida ko‘rsatdi
Foto: KUN.UZ

Bugun, 18 yanvar kuni Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining majlisi o‘tkazilmoqda. 

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, majlisni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov olib bormoqda. 

Saylovlarda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 53 nafar deputatlik o‘rnini egallab, mamlakat tarixida to‘rtinchi bor parlamentdagi eng yirik fraksiyani tashkil etdi.

Yig‘ilishda Konstitutsiyaning 98-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri nomzodini ko‘rsatish masalasi siyosiy kengash a'zolari tomonidan atroflicha muhokama qilindi. 

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodi ilgari surildi va nomzod ma'qullandi.

Asosiy qonunga binoan, O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. 

Bundan oldin, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari lavozimiga partiya Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov nomzodi tasdiqlangani xabar berilgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top