17:26 / 18.01.2020
0
15575

Osiyo chempionati-U23. Saudiya Arabistoni mezbonlarni mag‘lub etib, ilk yarim finalchiga aylandi

Foto: The AFC

Tailandda o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatining chorak final bahslariga start berildi. Dastlabki o‘yinda mezbon Tailand olimpiya jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi. 

Uchrashuvning 78-daqiqasida Abdulloh Al-Hamdan tomonidan 11 metrlik jarima zarbasidan kiritilgan gol Saudiya Arabistoni olimpiyachilarini dastlabki yarim finalchiga aylantirdi. Bugun shuningdek, Avstraliya - Suriya o‘yini ham o‘tkaziladi.

Saudiya Arabistoni turnir yarim finalida BAA - O‘zbekiston jutfligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu yarim final o‘yini 22 yanvar kuni o‘tkaziladi.

Osiyo chempionati. Chorak final.
18 yanvar. Rangsit.
Saudiya Arabistoni - Tailand 1:0
Gol: 
Abdulloh Al-Hamdan 78 penaltidan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top