18:42 / 18.01.2020
1
8051
Texasda dunyodagi eng katta Snickers batoni tayyorlandi
Foto: JERRY LARSONAP

Texasning Ueyko shahridagi Mars Wrigley fabrikasida dunyodagi eng katta Snickers batoni tayyorlandi. Bu haqda Fox 44 telekanali xabar berdi.

Shokolad batonini tayyorlashga bir hafta vaqt ketgan. Uning og‘irligi 2,1 tonnadan ortiq va eni 60 santimetr keladi. Batonning vazni 43 ming dona standart batonlar og‘irligiga teng.

Rekord mualliflari Texas shtatining o‘ziga xos ta'rifidan ilhomlanishgan. Amerikaliklarning aytishlaricha, Texasda har qanday oddiy narsaning dunyodagi eng katta o‘lchamlisini topish mumkin.

Ueykodagi fabrika Mars Wrigley kompaniyasining shirinliklar ishlab chiqaruvchi eng yirik korxonalaridan biri hisoblanadi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top