19:07 / 19.01.2020
0
7756
Eron koinotga ikkita sun'iy yo‘ldosh uchirishini ma'lum qildi
Foto: IRNA

Eron aloqa va kommunikatsiyalar vaziri Muhammad Javod Ozariy Jaxromiy Eron Yerning ikkita sun'iy yo‘ldoshini uchirishga tayyorlab qo‘yganini ma'lum qildi. Uning bildirishicha, sun'iy yo‘ldoshlar tegishli sinovlardan o‘tib bo‘lgan.

U o‘z tvitterida qurilmalar yaqin vaqt ichida start maydonchasiga keltirishini yozdi.

Vazir buni "tadqiqotlar sohasidagi muhim qadam" deb atadi, ammo sun'iy yo‘ldoshlar qachon uchirilishi haqida ma'lum qilmadi.

Eron OAVning yozishicha, og‘irligi 90 kilogrammli Zafar sun'iy yo‘ldoshlari yuqori o‘lchamdagi to‘rtta rangli kamera bilan jihozlangan bo‘lib, tabiat resurslari, qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni kuzatadi va ma'lumotlar uzatadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top