22:50 / 19.01.2020
0
1650
Misrda parlament saylovlari kuni ma'lum qilindi

Misrda parlament saylovlari joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadi, deb ma'lum qildi mamlakat parlamentining qonunchilik va konstitutsiyaviy masalalar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Baho Abu Shakka.

Youm7 portalining xabar berishicha, Abu Shakka Malavi delegatsiyasi bilan uchrashuvda, parlamentning konstitutsiya bo‘yicha joriy chaqiruvi 2021 yil 9 yanvarda tugashini ma'lum qilgan. 

Shuningdek, Abu Shakka, prezident saylovlari 2024 yilning mart oyida bo‘lib o‘tishini ta'kidlab o‘tgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top