22:10 / 20.01.2020
0
41445

Abdulla Aripov hukumati iste'foga chiqqanini yangi parlamentga ma'lum qildi

Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida bir qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Majlisda bosh vazir Abdulla Aripovning Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risidagi murojaati o‘qib eshittirildi.

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yangidan saylangani munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonunning 6-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi», deyiladi hukumat murojaatida.

Bu masala bo‘yicha Senat tomonidan iste'foni qabul qilish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilingan.

Bu jarayon Konstitutsiyamizda belgilangan qoida bo‘lib, endi hukumat tarkibi qaytadan tayinlanadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top