10:50 / 20.01.2020
3
12512
Akmal Saidov Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
Foto: KUN.UZ

Bugun, 20 yanvar kuni, yangi chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ilk majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar qilishicha, tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining spikeri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari saylandi. 

Nurdinjon Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerligiga tavsiya etildi va deputatlar tomonidan bir ovozdan saylandi.

Shuningdek, Majlisda spikerning birinchi o‘rinbosari va yana 5 nafar o‘rinbosarini tasdiqlash taklif etildi. 

Nurdinjon Ismoilov Akmal Saidovni birinchi o‘rinbosar sifatida tasdiqlashni taklif qildi. Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari yashirin ovoz berish yo‘li bilan 147 nafar ovozga ega bo‘lgan holda saylandi.

Aktam Xaitov, Alisher Qodirov, Narimon Umarov, Boriy Alixonov hamda Ulug‘bek Inoyatov spikerning o‘rinbosarlari etib saylandi.  

Ma'lumot uchun: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari yangi ta'sis etilgan lavozim hisoblanadi. 

Akmal Saidov 1958 yil 11 oktabr kuni Toshkent viloyatida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy. 1981 yil Toshkent Davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos. Ilmiy darajasi yuridik fanlari doktori, ilmiy unvoni: professor.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top