11:50 / 20.01.2020
0
1784
«Chimyon» hududida qor ko‘chkisi xavfi e'lon qilindi

«Chimyon» hududida qor ko‘chkisi xavfi e'lon qilindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, «Chimyon» hududida 2020 yilning 20 yanvar soat 08:00dan 21 yanvar soat 08:00gacha qor ko‘chkisi xavfi mavjud.

«Hurmatli dam oluvchilar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va «Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni iltimos qilamiz», - deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top