15:20 / 20.01.2020
0
4881
Ekologiyaning yomonlashishi iqtisodiyotning uchta muhim sohasiga xatar solayotgani ma'lum qilindi
Foto: Pixabay

Jahon biznesi tabiatga taxmin qilinganidan ko‘ra ko‘proq bog‘liq va ekologik vaziyatning yomonlashishi katta xatar soladi. Bu haqda Jahon iqtisodiy forumi va PwC UK ekspertlarining qo‘shma hisobotida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, tabiat va uning resurslariga yuqori darajada bog‘liq bo‘lgan uchta soha – bu qurilish (YaIMdagi ulushi 4 trln dollar), qishloq xo‘jaligi (2,5 trln dollar) hamda oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar ishlab chiqarishdir (1,4 trln dollar). Bu sohalarning YaIMdagi umumiy ulushi Germaniya iqtisodiyotidan ikki baravar ko‘p, deyiladi hisobotda.

Ushbu sohalar tabiat resurslariga, xususan, o‘rmon va okeanlar resurslariga yoki ekotizimdan foydalanish, masalan, unumli tuproq, toza suv, barqaror iqlim kabilarga bevosita bog‘liq. Tabiat imkoniyatlarining yomonlashishi yuqoridagi sohalarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

JIF va PwC ekspertlari shuningdek, ko‘plab sohalarning tabiat va uning resurslariga "yashirin bog‘liqgigi"ni ma'lum qildi – bular kimyo sanoati, aviatsiya va turizm, ko‘chmas mulk, kon sanoati, transport, chakana savdo kabilar.  

Jahon iqtisodiy forumi 21-24 yanvarda Davosda bo‘lib o‘tadi, u global iqlim o‘zgarishlari muammosiga bag‘ishlanadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top