17:26 / 20.01.2020
0
2488
Malayziya 2020 yilda 5G texnologiyasidan tijoriy foydalanishni yo‘lga qo‘ymoqchi
Foto: Pau Barrena / AFP

Malayziya hukumati shu yilning uchinchi choragida beshinchi avlod aloqa tizimidan (5G) tijoriy foydalanishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Maxatxir Muhammadga asoslanib The Star gazetasi xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "hukumat yangi avlod aloqa tizimidan tijoriy foydalanishni 2020 yilning uchinchi choragida joriy etishni ko‘zlamoqda".

Agarda 5G muvaffaqiyatli joriy etilsa, Malayziya yangi aloqa texnologiyasidan tijoriy foydalanish yo‘lga qo‘yilgan Janubi-Sharqiy Osiyodagi birinchi davlat bo‘ladi. 

Maxatxir Muhammad Kuala-Lumpur har qanday davlat, jumladan Xitoyning Huawei kompaniyasi ishlab chiqargan ilg‘or texnologiyalardan foydalanishini ma'lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu korporatsiya Malayziyada hech qanday qonunni buzmagan. Ayrim davlatlar, jumladan, Germaniya, Kanada, AQShda bu korporatsiya bilan bog‘liq muammolar ularning ichki ishi, degandi u.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top