12:18 / 20.01.2020
0
22324
Shavkat Mirziyoyev spikerning birinchi o‘rinbosari lavozimi nega ta'sis etilganini aytdi
Foto: Kun.uz

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. 

Davlat rahbari Qonunchilik palatasi spikeri haqida gapirdi.

«Nurdinjon Ismoilov (Nurdinjon Ismoilov Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi - tah.) ko‘p yillar huquqni muhofaza qilish organlarida samarali ishlagan. Uning menga nimasi yoqadi deb so‘rasangiz, u halol va pok», - dedi prezident.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev parlamentda yangi ta'sis etilgan spikerning birinchi o‘rinbosari lavozimi haqida so‘z yuritdi.

«Yangi O‘zbekistonni qanday yaratayotgan bo‘lsak, yangi parlamentni ham shunday yaratishimiz kerak. Mana, biz nega spikerni birinchi o‘rinbosari lavozimini joriy qildik. Maktab paydo bo‘lishi kerak», - dedi davlat rahbari.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top