11:25 / 20.01.2020
0
10140
Yana bir haydovchi YPX xodimiga pora berayotganda qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPXB YPX 3-otryadi 2-safarbarlik guruhi yo‘l patrul xizmati katta inspektori A.Haqberdiyev xizmat taqsimotiga ko‘ra 2020 yil 18 yanvar kuni soat 04:10larda, Koson tumani bo‘ylab xizmat olib borgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, inspektor shu jarayonda “Vaz-2106” rusumli avtomobil haydovchisini o‘rnatilgan tartibda to‘xtatib, avtomashinani ko‘zdan kechirish jarayonida haydovchi X.S. transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarib yurganligini aniqlab, unga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Muloqot jarayonida haydovchi X.S. javobgarlikdan qochish maqsadida YPX katta inspektori A.Haqberdiyevga 2 million so‘m pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Xodimning bildirgisiga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor tadbirda davomida shu kuni soat 16:00larda fuqaro X.S. YPX katta inspektori A.Haqberdiyevga 950 ming so‘m va 100 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top