12:36 / 21.01.2020
0
3524

2019 yilda respublika korxonalari 331 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqargan

2019 yilning yanvar-dekabr oylarida respublika korxonalari tomonidan 331,0 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli (yanvar-dekabr oylariga) davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 106,6 foizni tashkil etdi.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, jami sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi o‘sishining asosiy omili bo‘lib, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat - 9,4 foizga, elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash - 0,3 foizga va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilish – 6,3 foizga o‘sishi hisoblanadi shuningdek, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoatida – 1,0 foizga pasayish kuzatildi. 

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2019 yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlari hajmi 43,1 trln. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 13,0 foizni tashkil etdi. 

2019 yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 264,4 trln. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 79,9 foizini tashkil etdi. 

Elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 23,1 trln. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 6,4 foizni) tashkil etdi.  

Suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 2,3 trln. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,7 foizni) tashkil etdi. 

Tayyor mahsulotlar turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida iste'mol tovarlar ishlab chiqarish hajmi 111,5 trln. so‘mni tashkil etdi va 2018 yilning mos davriga nisbatan 12,1 foizga o‘sishni ta'minladi, jami sanoatdagi ulushi esa 33,7 foizni tashkil etdi. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top