16:27 / 21.01.2020
0
3632

Buyuk Britaniya xorijda ko‘mir energetikasiga investitsiya kiritishdan voz kechdi

Foto: AFP

Buyuk Britaniya xorijda ko‘mir energetikasiga har qanday davlat investitsiyasini kiritishdan voz kechdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Boris Jonson ma'lum qildi.

"Barchamiz bir havodan nafas olamiz, bir osmon ostida yashaymiz va uglerod ajralishi ko‘payib, sayyora iqlimi isib ketsa barchamiz qiynalamiz. Bugundan Britaniya hukumati xorijda energetika ko‘miri qazib olish yoki ko‘mir elektrostansiyalariga investitsiya kiritmaydi, rivojlanayotgan davlatlarga bu maqsadlar uchun yordam bermaydi, kredit ajratmaydi. Boshqacha aytganda, britaniyalik soliq to‘lovchilarning bir pensi ham elektr ishlab chiqarishda foydalaniladigan ko‘mir qazib olishga sarflanmaydi", dedi u.

Jonson Buyuk Britaniya o‘n yil avval uglerod chiqindilari chiqarish bo‘yicha Yevropada yetakchi bo‘lganini, ammo hozirda vaziyat o‘zgarganini ta'kidladi. 

Ma'lumot berilishicha, ko‘mir bilan ishlaydigan elektr stansiyalari mamlakatdagi elektr energiyasiga bo‘lgan talabning atigi 5 foizini ta'minlaydi. 2014 yilda bu raqam 30 foizni tashkil etgan.

Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishda davom etadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top