21:32 / 21.01.2020
1
35611
«Mahalla» kengashiga yangi rais tayinlandi

«Mahalla» kengashi raisi Shavkat Javlonov o‘z lavozimini tark etdi. U endi faoliyatini O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining o‘rinbosari vazifasida davom ettiradi. Bu haqda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi saytida xabar berilgan.

21 yanvar kuni Respublika mahallalar kengashi boshqaruvi binosida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda «Mahalla» xayriya jamoat fondi raisi lavozimiga shu paytga qadar Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Rahmat Mamatov nomzodi tavsiya etildi.

Rahmat Mamatov

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi a'zolari tomonidan Kengash raisining birinchi o‘rinbosari — «Mahalla» xayriya jamoat fondi raisi lavozimiga Rahmat Mamatov nomzodi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

Ma'lumot uchun, Shavkat Javlonov «Mahalla» kengashiga 2017 yilning yanvaridan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi.

Rahmat Mamatov esa Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga 2017 yilning oktyabrida tayinlangandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top