13:42 / 21.01.2020
0
10599
Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisi boshlandi
Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi boshlandi. Unda 97 nafar senator va 150 nafar deputatlar ishtirok etmoqda.

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, qo‘shma majlisda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, ma'ruza qilmoqda.

Majlisni Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov olib bormoqda.

Majlis ishida Konstitutsiyasining 98-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.

Eslatib o‘tamiz, bosh vazir lavozimiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan Abdulla Aripov nomzodi ko‘rsatilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top