12:34 / 21.01.2020
0
1032
O‘zbekistonda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 398,1 mingtaga yetdi 
Foto: Shutterstock

2020 yil 1 yanvar holatiga respublikada jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 398,1 mingtaga yetdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Xizmatlar sohasida jami 262,0 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. 2018 yilning shu davriga nisbatan ularning o‘sishi 23,0 foizga oshdi. 2020 yil 1 yanvar holatiga xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 65,8 foizni tashkil etdi. 

Taqqoslash uchun: kuzatilayotgan davrda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi - 17,7 foiz, qurilish - 9,1 foizga yetdi va atigi 7,4 foizi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasi hissasiga to‘g‘ri keldi. 

2020 yil 1 yanvar holatiga, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar (38,6 foiz) yuqori ulushni egallaydi. 

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 9,8 foizni tashkil etdi. 

Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida tashish va saqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 5,9 foizga yetdi.

Axborot va aloqa faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning jami xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibidagi ulushi 3,0 foizga teng bo‘ldi. 

Sog‘liqni saqlash, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 3,0 foizni tashkil etdi. 

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 48,9 mingtaga ko‘paydi. 

Kuzatilayotgan davrning o‘tgan yiliga nisbatan savdo faoliyati sohasida yuqori o‘sish – 42,6 foiz kuzatildi. Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 30,2 mingtaga ko‘paydi va 101,1 mingtaga yetdi. Shuningdek, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar bilan bog‘liq faoliyatda ham o‘sish kuzatildi - 29,4 foiz. Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 5,8 mingtaga ko‘paydi va 25,6 mingtani tashkil etdi. 

2019 yilning yanvar-dekabr oylarida xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni (61,0 ming birlik) o‘tgan yilga nisbatan 29,2 mingtaga ko‘paydi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top