13:30 / 21.01.2020
0
3170
Shayxontohur, Chilonzor va Olmazordagi ayrim mavzelarda issiq suv ta'minoti vaqtincha o‘chirildi
Foto: GO29.ru

Shayxontohur, Chilonzor va Olmazor tumanlaridagi ayrim mavzelarda issiq suv va issiqlik ta'minoti vaqtincha uzildi.

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, Chilonzor tumani Zargarlik ko‘chasi va Olmazor tumani “Jomiy” maydonidan o‘tuvchi magistral issiqlik quvurlarida nosozlik yuzaga keldi.

Ayni vaqtda mazkur muammolarni bartaraf etish ishlari boshlangan. Shu munosabat bilan 21 yanvar kuni soat 18:00ga qadar Chilonzor tuman “Guliston”, “Algoritm”, Olmazor va Shayxontohur tumani “Sebzor”, “Shimoliy Olmazor”, “Taxtapul”, Markaz-12, 15, 17 va 18 mavzelarida vaqtincha issiq suv va issiqlik ta'minoti uziladi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top