10:14 / 21.01.2020
2
46437
Tomsk oblastidagi yong‘inda 11 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi - OAV
Foto: Rossiya FVV

Rossiyaning Tomsk oblasti Asinovskiy tumani, Prichulimskiy qishlog‘idagi bir qavatli yog‘och uyda yuz bergan yong‘in oqibatida o‘n bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining mintaqaviy bosh boshqarmasi saytiga asosan xabar qilmoqda.

Yong‘in haqida ma'lumot soat 4:05da kelib tushgan, yong‘in maydoni 208 kvadrat metrni tashkil qildi. Yong‘inga qarshi kurashga 19 kishi va oltita texnika jalb qilindi.

Olov soat 6:35da bartaraf etilgan. Bino ichidan 11 kishining jasadi topildi, yana uch kishi qochib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Mintaqadagi favqulodda vaziyatlar xizmatining ma'lumotlariga ko‘ra, yonib ketgan bino yotoqxona bo‘lgan, unda «Grinvud» MChJ yog‘och tayyorlash kompaniyasining 12 xodimi yashagan, ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani aytildi.

Ushbu hodisa bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 3-qismi (ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top