12:33 / 21.01.2020
0
9652

Xorazmda yuz bergan YTH oqibatida haydovchi vafot etdi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

2020 yil 20 yanvar kuni soat 02:30larda Xorazm viloyati Yangibozor tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, haydovchi, Shovot tumanida yashagan, 1988 yilda tug‘ilgan A.O. “Neksiya-3” rusumli avtomobilni Shovot-Urganch yo‘nalishida boshqarib borayotib boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetiga ag‘darilgan.

Natijada haydovchi A.O. bosh qismidan tan jarohati olib kasalxonada vafot etgan.

“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qiling. Yo‘l hushyorlik va intizomni yoqtiradi, buni har doim yodda saqlang”, - deyiladi xabarda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top