17:25 / 21.01.2020
0
8868

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasi taqdim etildi 

21 yanvar kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Agentlik huzuridagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Markazning bir yillik faoliyati natijalaridan biri fuqarolarning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlari jarayonini sezilarli darajada yengillashtirgani hamda aholi uchun bir qator xizmatlar yo‘lga qo‘ygani bo‘lsa, yana bir natija Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining MyGov mobil ilovasining ishga tushirilishi bo‘ldi.

Bugungi kunda respublikamiz aholisining 80%ini mobil internet foydalanuvchilari tashkil etishini inobatga olsak, My.gov.uz mobil ilovasining ishga tushirilishi interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishda muhim qadamdir.  

Matbuot anjumani doirasida My.gov.uz mobil ilovasining imkoniyatlari namoyish etildi va mobil ilovada faqatgina to‘liq avtomatlashtirilgan elektron xizmatlar, ya'ni davlat organlari xodimlari ishtirokisiz ko‘rsatiladigan xizmatlar joriy etilganligi etirof etildi. Mazkur ilovalar orasidan yo‘l harakati qoidalarini buzilganlik yuzasidan jarimalar, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varag‘i holati haqida ma'lumot olish, STIRni aniqlash, ish haqi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risidagi ma'lumotnoma olish, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar va boshqalar joy olgan.

Misol uchun, boshqa hech qayerda jarimalar bo‘yicha ma'lumot olish imkoniyati mavjud to‘laqonli xizmat ko‘rsatilmaydi. Faqatgina Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida YHQ buzilgani uchun belgilangan jarimalar bo‘yicha ma'lumotni bepul olish mumkin. Bunda mazkur xizmatdan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng jarimalar yozilgan taqdirda ular to‘g‘risidagi malumotlar avtomatik tarzda taqdim etiladi.

Mobil ilova ishlash jarayonida unda ko‘rsatib boriladigan elektron xizmatlar soni oshirib boriladi. 

O‘tgan 2019 yil davomida Markaz va Yagona integrator UZINFOCOM bilan hamkorlikda My.gov.uz portalida 49 ta elektron davlat xizmatlari joriy etildi. Ular orasida 5 tasi to‘liq avtomatlashtirilgan.

Bugungi kunda o‘z ichiga tug‘ilishni ro‘yxatga olish, farzand tug‘ilganda bir martalik nafaqa to‘lanishi, bolani maktabgacha ta'lim muassasasiga ro‘yxatga qo‘yish kabi xizmatlarni olgan kompozit xizmatni joriy etish ustida ishlar olib borilmoqda. Bunday xizmatlar davlat organlariga qayta-qayta tashrif buyurish va navbatlar kutish amaliyotini yo‘q qilishga qaratilgan.

Android operatsion tizimi uchun mo‘ljallangan MyGov ilovasini quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin:

Ayni kunlarda mobil ilovaning iOS talqinini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Mobil ilovada quyidagi funksional imkoniyatlar mavjud: 

- Kalit so‘zlar bo‘yicha qidiruv;

- Xizmatdan foydalanish uchun yuborilgan arizalarning holati bilan tanishuv;

- Nomingizda bo‘lgan transport vositalari va ko‘chmas mulk obektlarini kiritish;

- Davlat xizmatlari markazlarining joylashuvi to‘g‘risida geolokatsiya ma'lumotlarini olish.

2020 yil davomida biometrik ma'lumotlar asosida masofadan turib qulay usulda autenfikatsiya qilishni joriy etish rejalashtirilgan. Bunday usul elektron xizmatlardan masofadan turib oson va qulay foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top